Korxona haqida

Biz haqimizda

2017-yilda Dilshod va Nozim tomonidan tashkil etilgan kompaniyamiz sport oziq-ovqat mahsulotlari va fitnes bilan bog‘liq mahsulotlar sohasida faoliyat yuritadi. O‘z faoliyati davomida biz yirik xalqaro brendlarning rasmiy distribyutori sifatida o‘z mavqeimizni mustahkamladik.

• Yutuqlar va Hamkorliklar

Biz Kevin Levrone, Badass Nuclear kabi jahon miqyosidagi mashhur sport oziq-ovqat brendlarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutorimiz. Bu esa mijozlarga eng sifatli va original mahsulotlarni kafolatlash imkonini beradi.

• Mahsulot yetkazib berish

Barcha brend mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiy yetkazib beruvchilardan olamiz. Bizning asosiy yetkazib berish manbalarimiz AQSh, Yevropa va Dubay bo‘lib, bu mahsulotlarning yuqori sifati va asl ekanligini ta’minlaydi.

Mijozlarimizga faqat sinovdan o‘tgan va xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotlarni taqdim etamiz. Biznesimizning asosiy maqsadi – sifat, ishonchlilik va mijozlarimizga eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratishdir.

about photo

Yuqori assortiment eng arzon narxlarda

O’zbekiston bo’yicha optom tarqatiladi

Barcha mahsulotlar sertifikatlangan

Sertifikatlar

no certificates

Brendlarimiz

Mijozlarimiz biz haqimizdagi fikrlari